Toshkent viloyatida yarim kilogramm gashish olib yurgan avtomashina aniqlandi

Jamiyat 13:49 1065

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berishicha, post orqali fuqaro boshqaruvida harakatlangan avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Ushbu jarayonda orqa eshik ichki qoplamasida xufiyona yashirib joylashtirilgan, 1 dona zarli qog‘oz o‘ramida 529 gramm gashish giyohvandlik vositasi fosh etildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: