Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrif yakunlandi

O‘zbekiston 20:19 1139

Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Bugun, 5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan sermahsul muzokara o‘tkazdi.

Sammit yakunida Kelajak avlodlar uchun strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi va hamkorlikning turli sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.

Davlat rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumida ishtirok etib, Petronas kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.

Madaniy dastur doirasida O‘zbekiston yetakchisi Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi.

Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: