Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investitsiyalarni jalb qilish agentligi hamda Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi mutasaddilari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirishga qaratilgan hujjatlarning mustahkam to‘plama, jumladan aniq investitsiya kelishuvlari va eksport shartnomalarini imzolanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.