Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston 11:13 1921

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Malayziya do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, «yashil» energetika, «aqlli» qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: