Toshkentda AQShga yuborish evaziga 20 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 17:09 / 03.02.2025 1313

Toshkent shahrida noqonuniy yo‘llar bilan AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.G‘. ismli shaxs fuqaro D.S.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga yuborishi va u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga tanishi A.A. orqali 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Chilonzor tumanida AQShga ishga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangan edi. Undan oldin esa Samarqand va Toshkentda fuqarolarni katta pul evaziga AQSh, Fransiya va Kanada davlatlariga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: