2024 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga tushdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 2,1 foizga kamaydi. Bu miqdor Jahon Banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangani ta’kidlanmoqda.
O‘zbekistonda 2024 yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga tushdi (3,3 mln kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 ming kishiga kamaygan). Bu miqdor Jahon Banki bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlangani ta’kidlanmoqda.
Kambag‘allik darajasida eng yuqori pasayishlar:
- Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
- Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
- Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, 2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi. Buning natijasida 2024 yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).
Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:
- ish haqi – 42,6 foiz (2023 yilda – 41,9 foiz);
- tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
- pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
- qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
- xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
- boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz).
Aholining ish haqidan daromadi esa 2023 yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paygan.
Mavzuga oid

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

19:03 / 04.03.2025
Prezident bahorda tomorqa va ijara yerlarda to‘liq ekin ekish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

10:53 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi

17:37 / 03.02.2025