Qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish 2025 yil 1 iyuldan 2025 yil 31 dekabrgacha “eskrou” hisobvaraqlari orqali hamda hozirda amalda bo‘lgan ulushli ishtirok etish tartibida to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish mexanizmi bo‘yicha parallel ravishda taraflarning tanloviga ko‘ra amalga oshiriladi.
Shuningdek, mablag‘larini jalb qilish 2026 yil 1 yanvardan faqat “eskrou” hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
“Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma yaratilib, 2025 yil 1 iyuldan to‘liq ishga tushiriladi.
2025 yil 1 iyulgacha ulushli shartnoma bo‘yicha talab qilish va garov huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazishni nazarda tutgan holda ulushli shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va soliq organlariga elektron ko‘rinishda taqdim etib borish tizimi joriy etiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi.