Qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi

O‘zbekiston 10:28 770

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi

2025 yil 1 iyuldan quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:

▪️obektlarni qurishda qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar tomonidan ulushdorlarning pul mablag‘larini qurilishga ulush kiritish asosida jalb qilish faqat notarial tasdiqlangan va kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan obekt qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi;
▪️ulushli shartnoma bo‘yicha mablag‘lar ulushdor tomonidan vakolatli tijorat bankida quruvchi, ulushdor va tegishli tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida ochilgan “eskrou” hisobvarag‘iga ularning hisobini yuritish uchun joylashtiriladi va deponentlanadi;
▪️ulushdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari va quruvchining majburiyatlari yuzasidan “eskrou” hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, mablag‘larni xatlash yoki hisobdan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi;
▪️ birinchi bosqichda quruvchi tomonidan obektni qurish ishlari umumiy hajmining kamida 30 foizi o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgandan so‘ng tijorat banki tomonidan quruvchiga maqsadli kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: