Ukraina markaziy osiyolik harbiy asirlar sonini ma’lum qildi

Jahon 21:01 / 31.01.2025 3884

Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshidan beri Ukraina harbiylari Markaziy Osiyo davlatlarining 30 nafarga yaqin fuqarosini asirga oldi. Bu haqda Ukraina adliya vaziri Olga Stefanishina ma’lum qildi.

«Harbiy asirlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘pincha ularning so‘zlari asosida aniqlanadi, chunki buni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘p hollarda yo‘q», dedi Stefanishina.

«Qamoqxonalar va lagerlarda joylashgan harbiy asirlar fuqaroligidan qat’i nazar, xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan bir xil huquqiy maqomga ega. Harbiy asirning fuqaroligi, jumladan, qo‘sh fuqaroligi uning huquqiy holatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», deb qo‘shimcha ma’lumot berdi vazirlik.

Xabarda asirlarning aynan qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: