Qozog‘istonning 43 vagon kartoshkasi O‘zbekiston chegarasida chirib ketgani ma’lum bo‘ldi
Qozog‘iston bojxonasi yukni fitosanitar tekshiruvdan o‘tkazish uchun 10 kundan ortiq ushlab turgani ta’kidlanmoqda.
Qozog‘istonning Pavlodar shahridan jo‘natilgan kartoshka O‘zbekiston bilan chegarada qo‘lga olindi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qayd qilinishicha, Sariog‘och stansiyasida 43 ta vagonga yuklangan kartoshka turibdi. Yanvar oyida mahalliy tadbirkorlar uni O‘zbekistonga sotgan va yuk poyezdi orqali jo‘natgan. Qozog‘iston bojxonasi uni fitosanitar tekshiruvdan o‘tkazish uchun to‘xtatgan. Oqibatda sabzavot vagonlarda 10 kundan ortiq yotgan va muzlab, buzilib ketgan.
«Mana, chiridi. Suv allaqachon oqmoqda, hammasi oqmoqda! Avval muzlab qoldi, keyin eridi, tamom. Bitta vagonda 68 tonna bor. Lekin u allaqachon yaroqsiz!» dedi tadbirkor Azamat Serikboyev.
Tadbirkorlarning aytishicha, bu kartoshka endi hatto qoramolga ham yaramaydi. Ularning ta’kidlashicha, hujjatlar yanvar oyi o‘rtalarida, kartoshka eksportiga taqiq joriy etilgunga qadar to‘ldirilgan. Shu sababli, ishbilarmonlar yukni uzoq vaqt ushlab turish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti.
Qozog‘istonda kartoshka narxi keskin oshib ketgani tufayli hukumat 19 yanvar kuni bu mahsulotning uchinchi davlatga eksportini 6 oyga cheklagan edi.
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzavot ortilgan vagonlar zarur ko‘rikdan o‘tganini va O‘zbekistonga yo‘l olishi uchun hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidladi.
Biroq, tadbirkorlar endi bunchalik kechikkan ruxsatnomaga muhtoj emasligini aytmoqda. Zarar ko‘rgan beshta kompaniya vakillari mansabdor shaxslarni sudga berish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

21:10 / 28.02.2025
Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi

18:14 / 28.02.2025