Isroil falastinlik mahbuslarni ozod etishni to‘xtatib qo‘ydi
Binyamin Netanyahu ofisining ma’lum qilishicha, falastinlik mahbuslarni ozod etish jarayonlari to‘xtatilgan. Isroil tomoni Qatar va Misrdagi vositachilar bilan bog‘lanib, garovdagilarning xavfsiz sharoitda ozod etilishi uchun kafolat talab qilgan.

Foto: AP
Isroil hukumati HAMASning garovdagi isroilliklarni ozod etish jarayoniga norozilik bildirib, falastinlik mahbuslarni ozod etishni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu ofisi bayonotiga tayanib The Times of Israel xabar berdi.
Qayd etilishicha, falastinlik mahbuslarni ozod etish keyingi garovdagilar guruhi xavfsiz sharoitda ozod etilishi kafolatlari olinmagunga qadar to‘xtatiladi.
«Isroil vositachilardan bunga erishishni talab qiladi», — deyiladi Netanyahu ofisi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, ichida falastinlik mahbuslar bo‘lgan avtobuslar qamoqxona hududidan chiqib ketayotganida jarayon to‘xtatib qo‘yilgan.
30 yanvar kuni garovdagi Isroil fuqarolari — Arbel Yyexud va Gadi Moshe Mozes Qizil Xochga topshirilayotganda ularni olomon qurshab olgan. Isroil tomoni Qatar va Misrdagi vositachilar bilan bog‘lanib, bundan norozi ekanini bildirgan.
«Garovga olinganlar ozod etilayotganida sodir bo‘lgan dahshatli manzarani keskin qoralayman», — degan Netanyahu.
30 yanvar kuni HAMAS guruhi Qizil Xoch xodimlariga Isroil fuqarolari — Agam Berger, Arbel Yyexud va Gadi Moshe Mozesni, shuningdek, besh nafar Tailand fuqarosini topshirdi. Bunga javoban Isroil qamoqxonadan 110 nafar falastinlik mahbusni ozod etishi kerak edi.
Mavzuga oid

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025