Shvetsiya maxsus xizmati Boltiq dengizidagi kabel shikastlanishini tekshirmoqda
Boltiq dengizida optik tolali aloqa kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilinayotgan Vezhen kemasining egasi Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan Hai Kuo Shipping 2015B Limited kompaniyasidir, deya xabar beradi MarineTraffic va HS.

Foto: JesperG/Shutterstock/FOTODOM
Boltiq dengizida Latviya va Shvetsiyaning Gotlandi o‘rtasidagi optik tolali aloqa kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilinayotgan Vezhen kemasining egasi Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan Hai Kuo Shipping 2015B Limited kompaniyasidir. Bu haqda 27 yanvar, dushanba kuni MarineTraffic sayti va Finlandiyaning Helsingin Sanomat (HS) gazetasi xabar berdi.
Malta bayrog‘i ostidagi Vezhen Rossiyaning Leningrad oblasti Ust-Luga portidan oltingugurt yuki bilan suzib ketayotgan edi. Uning operatori Bolgariyaning eng yirik transport kompaniyasi Navibulgar - Boltiqbo‘yi va Xalqaro dengiz kengashi BIMCO a’zosi.
Shvetsiyaning Aftonbladet gazetasi aniqlik kiritishicha, kema 24 yanvar kuni Ust-Luga portini tark etgan. Shvetsiya Sohil xavfsizlik xizmatining KBV 033 kemasi Vezhen'ni Shvetsiya suvlariga kuzatib qo‘ydi, u Karlskrona porti yaqinida langar tashladi.
Tergov Shvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilmoqda
Jiddiy diversiya gumoni yuzasidan dastlabki tergov Shvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati (SÄPO) tomonidan olib borilmoqda. Tergovda bir qancha idoralar, jumladan, Milliy politsiya kengashi, Sohil xavfsizlik xizmati va Shvetsiya Qurolli kuchlari ishtirok etmoqda. «Aytishim mumkinki, Shvetsiya rasmiylari hozir ushbu voqeani tergov qilish uchun birgalikda ishlamoqda», dedi katta prokuror Mats Lyungkvist.
«Operatsiya davom etmoqda va hukumat voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda hamda tegishli organlar bilan aloqada», — dedi Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson.
Latviya davlat radio va televideniye markazi avvalroq Venspilsni Shvetsiyaning Gotland oroli bilan bog‘lovchi kabelda ma’lumotlar uzatilishida uzilishlar haqida xabar bergan. Kabelni ta’mirlash bo‘yicha choralar ko‘rilayotganda muqobil ma’lumot uzatish yo‘llari qo‘llaniladi.
Latviya bosh vaziri Evika Silina X ijtimoiy tarmog‘ida uning hukumati «shved ittifoqchilari va NATO bilan hodisani tekshirish, jumladan, hududni patrul qilish, shuningdek, kemalarni tekshirish uchun ish olib borayotganini» yozdi.
Mavzuga oid

17:18 / 27.01.2025
Latviya va Shvetsiya o‘rtasidagi suvosti kabeliga shikast yetkazishda gumonlangan kema hibsga olindi

11:25 / 13.01.2025
Shvetsiya NATOning Boltiqda kabellarni himoya qilish bo‘yicha operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

13:43 / 07.01.2025
Elisa kompaniyasi Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi kabellarni ta’mirladi

12:25 / 07.01.2025