Qozog‘istonda QQS stavkasi 20 foizgacha oshirilishi mumkin
Mamlakatda amalda 12 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi mavjud. Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston prezidenti ham QQSni oshirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: AFP
Qozog‘istonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi (QQS) amaldagi 12 foizdan 20 foizga oshirilishi mumkin. Bosh vazir o‘rinbosari Serik Jumangarinning so‘zlariga ko‘ra, bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«20 foizlik QQS stavkasi — dunyoda keng tarqalgan. Hozircha biz yakuniy qarorga kelmadik, chunki bir oydan beri maslahatlashuvlar, doimiy uchrashuvlar olib boryapmiz, qator konsultantlar bor», — deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Uning ta’kidlashicha, mamlakat soliq islohotiga muhtoj, parlamentda esa tez orada o‘zgartirish kiritiladigan Soliq kodeksi loyihasi mavjud.
«Biz QQSni ko‘tarish niyatidamiz, stavka muhokama qilinmoqda. Parlamentda Soliq kodeksi loyihasi mavjud va biz unga o‘zgartirishlar kiritamiz… Islohot kerak va davlat rahbari ham buni qo‘llab-quvvatladi», — deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgan. Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, soliq hisobotini taqdim etish muddatlari esa o‘zgarmagan.
«Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari 2028 yil 1 yanvargacha oshirilmasligi belgilangan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025