Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda Yakkabog‘-Qarshi magistral suv quvurlarini qurish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish hamda mamlakatda yuqori zichlikdagi va sifatli polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Per Mersherz Elydan kompaniyasining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqishi yuqoriligini ta’kidladi. Uning aytishicha, kompaniya rahbariyati Fransiyaning Eiffage kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Yakkabog‘-Qarshi magistral suv quvurlarini qurish va mavjud suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihasida ishtirok etayotganidan mamnun.
"Ikkinchi bosqichda Elydan kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda yuqori sifatli polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ochish va mahsulotlar eksportini Markaziy Osiyo hamda MDH mamlakatlari bozoriga yo‘lga qo‘yish rejasi ishlab chiqilmoqda", dedi Per Mersherz.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari aniqlash va O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.