Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berbok Rubio bilan birinchi muloqotda Ukrainadagi urushni muhokama qildi
«Yevropa o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqchi», dedi Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari AQSh davlat kotibiga. Tomonlar kuchli NATO blokining ahamiyati, Ukraina, Suriyadagi urush va Xitoy bilan munosabatlarni muhokama qildi.

Foto: AP
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi — bu u AQSh davlat kotibi lavozimiga kelganidan beri birinchi muloqot bo‘ldi. Bu haqda 28 yanvar, seshanba kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, dpa axborot agentligi xabar berdi.
«Biz AQShning yangi hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchimiz», dedi Germaniya diplomatiyasi rahbari. «Yevropa o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni zimmasiga olmoqchi», deya qo‘shimcha qildi u.
Suhbat taxminan yarim soat davom etdi. Qo‘ng‘iroq Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Bryusseldan amalga oshirilgan.
NATO, Ukrainadagi urush, G‘azodagi vaziyat
Berbok va Rubio kuchli NATO blokining ahamiyati, Rossiyaning Ukrainadagi urushi, Suriya, G‘azo sektori va Yaqin Sharqdagi vaziyat, Xitoy bilan munosabatlarni muhokama qildi.
AQSh Davlat departamenti ta’kidlaganidek, Rubio «AQSh-Germaniya munosabatlarining mustahkamligi va transatlantik tinchlik va farovonlik uchun muhimligini tasdiqladi». Tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlik va Hind-Tinch okeani mintaqasida barqarorlikni ta’minlash masalasiga to‘xtaldi, deya qo‘shimcha qildi Davlat departamenti.
Germaniya va AQSh tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining birinchi shaxsiy uchrashuvi, ehtimol, fevral oyi o‘rtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi dpa.
Rubio AQSh davlat kotibi lavozimiga kirishishdan oldin Rossiya ham, Ukraina ham urushni tugatish uchun murosaga kelishi kerakligiga ishonch bildirgan. Kiyev Rossiya Federatsiyasidan yo‘qotilgan barcha hududlarni qaytarib ololmaydi, degandi Marko Rubio.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
-
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Iqtisodiyot | 08:30
-
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 08:18
Mavzuga oid

18:20 / 10.07.2025
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

19:06 / 08.07.2025
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

11:07 / 05.07.2025
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi

09:14 / 27.06.2025