YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarini uzaytirishga kelishib oldi
Vengriya Ukraina o‘z hududi orqali Rossiya gazi tranzitini to‘xtatganidan norozi bo‘lib, sanksiyalarni uzaytirishga qarshi chiqayotgan edi. Yevrokomissiya kafolatlaridan so‘ng mamlakat o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi.

Foto: AFP
Ovoz berish jarayonlari Ukraina hududi orqali gaz tranziti to‘xtatilganiga qarshilik bildirgan Vengriya pozitsiyasi sabab barbod bo‘lishi mumkin edi, deb yozadi Reuters. Ammo YeI elchilarining uchrashuvida Yevrokomissiya bayonot bilan chiqib, Kiyev bilan Ukraina gaz quvurlari tizimi orqali Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga va’da berdi. Bayonotda, shuningdek, Yevrokomissiya jarayonga Vengriya va Slovakiyani ham jalb etishga tayyorligi aytildi.
Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto o‘z mamlakati energetika xavfsizligi bo‘yicha so‘ralgan kafolatlarni olganini ma’lum qilib, Yevrokomossiya YeIga keladigan gaz quvurlari himoyasini, shuningdek, Ukrainadan ta’minotni saqlab qolish uchun kafolat so‘rash bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olganini ta’kidladi.
Yevropalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarni uzaytira olmaslik «jiddiy oqibatlarga» olib kelishi mumkin edi — masalan, Kiyevga yordam ko‘rsatishda foydalanilayotgan Rossiyaning Yevropadagi aktivlarini muzlatishdan chiqarishga to‘g‘ri kelardi.
Rossiya bilan savdoni cheklash va mamlakat Markaziy banki aktivlarini muzlatishni nazarda tutuvchi sanksiyalar har yarim yilda uzaytiriladi. Buning uchun YeIga a’zo davlatlarning barchasi ovoz berishi kerak. Ammo bu safar YeI davlatlari Vengriya qarshiligiga duch keldi — ushbu mamlakat Kiyev Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tranzitini to‘xtatib qo‘yganidan norozi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban cheklovlarni uzaytirishdan oldin AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

00:22 / 07.03.2025
Britaniya Suriya banklariga qarshi sanksiyalarini bekor qildi

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025