NATO maxfiy harbiy ma’lumotlarni mudofaa sanoati kompaniyalari bilan bo‘lishyapti
Shimoliy Atlantika alyansi zarur qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni mudofaa kompaniyalari bilan almashishni boshladi. Maqsad - uning ishlab chiqarish hajmini oshirish, deb xabar beradi Bloomberg.

Foto: Shutterstock
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) mudofaa sanoati kompaniyalariga o‘ta maxfiy ma’lumotlar, jumladan, NATOga a’zo davlatlar qanday qurol va harbiy texnika ishlab chiqarishi kerakligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qila boshladi. Bu haqda 26 yanvar, yakshanba kuni vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi. Ularning aytishicha, bu harakat mudofaa sohasida ishlab chiqarishni oshirish strategiyasining bir qismidir, uni NATO bosh kotibi Mark Ryutte «urush davridagi fikrlashga o‘tish» deb atagan.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, NATO o‘zining ba’zi maqsadlarini amalga oshirish orqali «kompaniyalarni ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga ko‘ndirishga» harakat qilmoqda. Agentlik qayd etishicha, bu qadam ittifoq mamlakatlari o‘rtasida konsensusni talab qiladi.
Alyansning 32 a’zosidan 23 tasini o‘z ichiga olgan Yevropa Ittifoqi bilan NATO alohida ma’lumot almashishni boshladi.
Ma’lumotlar almashinuvi NATO davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va alyans davlatlaridan mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishni qayta-qayta talab qilgan Donald Trampning AQSh prezidentligiga qaytishi qarshisida qayta qurollanishga urinayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.
NATO bosh kotibi ittifoqchilardan harbiy xarajatlar oshishini kutmoqda
NATO bosh kotibi Mark Ryutte 23 yanvar kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida 4-5 yil ichida alyans mudofaa xarajatlarini YaIMning ikki foizigacha cheklasa, o‘zini himoya qila olmasligini aytdi.
Ryutte, shuningdek, ittifoqchi davlatlarni Ukrainadagi urushning yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi. Agar Kiyev yutqazsa, bosh kotibning fikricha, NATO to‘xtatuvchi salohiyatini tiklash «mudofaa xarajatlarini oshirish va sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun hozir talab qilinadigan narxdan ancha qimmatga» tushadi. «Bu milliardlab emas, trillionlab bo‘ladi», deb ogohlantirdi NATO bosh kotibi.
Mavzuga oid

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

21:16 / 05.03.2025
Yevropaga o‘z mustaqil mudofaa tizimini qurish uchun kamida 10 yil kerak - The Economist

21:51 / 04.03.2025
Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi

23:25 / 02.03.2025