Nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan mutaxassislar uchun yig‘im undirilmaydi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
▪️maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini amaliyotga tatbiq etiladi;
▪️yuridik shaxsni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi;
▪️O‘zbekistonga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yig‘im undirilishidan ozod etiladi;
▪️milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibi soddalashtiriladi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi

07:21 / 11.01.2025
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi

21:06 / 14.12.2024
Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?

22:40 / 21.10.2024