Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yig‘imi” tizimi joriy etiladi
Uglerod izi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlari (sement, ko‘mir, siqilgan gaz va boshqalar) uchun “Karbon yig‘imi” tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun kompensatsiya to‘lov (yig‘im)ini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Bunda uglerod izi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlari (sement, ko‘mir, siqilgan gaz va boshqalar) uchun “Karbon yig‘imi” tizimini joriy etish va ulardan kelib tushadigan mablag‘larni hududlarda ekologiya muammolarini hal etishga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.
Investorlarni jalb qilgan holda yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish, mahalliylashtirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Bunda:
- import hajmi yuqori bo‘lgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish va ularni mahalliylashtirish bo‘yicha chora tadbirlarni belgilash;
- import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda investorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish;
- sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish maqsadida yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi

07:46 / 23.04.2025
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi

08:30 / 17.03.2025
Avtomobil sanoatidagi uchta korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

13:36 / 11.03.2025