AQSh Senati MRB yangi direktorini tasdiqladi

Jahon 17:39 / 24.01.2025 2185

AQSh Senati 23 yanvar kuni Jon Retkliffni Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) boshlig‘i etib tayinlashni ma’qulladi. Uning nomzodini 74 senator yoqladi, 25 nafari qarshi ovoz berdi, bir nafari esa ovoz berishda qatnashmadi.

Shu tariqa Retkliff AQSh yangi ma’muriyatining Senat tomonidan tasdiqlangan ikkinchi a’zosiga aylandi. Birinchisi shu hafta boshida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio edi.

Retkliff 1965 yil 20 oktyabrda Illinoys shtatidagi Mount-Prospekt shaharchasida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. U 1987 yilda Notr-Dam universitetini jamoat va xalqaro tadqiqotlar fakultetini tamomlagan va 1989 yilda Janubiy Metodist universitetining huquqshunoslik fanlari doktori darajasini olgan.

2004 yilgacha u xususiy amaliyotda advokat bo‘lgan, keyin esa Texas shtatining Sharqiy okrugi prokuraturasida ishlagan va 2007 yilda vaqtinchalik tuman prokurori etib tayinlangan. Bundan tashqari, 2004 yildan 2012 yilgacha u Texas shtatidagi Xit kichik shaharchasi meri bo‘lib ishlagan. U 2015 yildan 2020 yilgacha Qo‘shma Shtatlar Vakillar palatasining a’zosi bo‘lgan, keyin esa Trampning birinchi prezidentlik davrida 2021 yilgacha Milliy razvedka direktori lavozimida ishlagan.

Senatda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimini tasdiqlash haqidagi tinglovda Retkliff Xitoy tahdidiga qarshi kurashni kuchaytirish muhim deb hisoblashini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar «tarixdagi eng qiyin milliy xavfsizlik muhitiga» duch kelmoqda. Retkliff, shuningdek, Ukraina va Rossiya bilan bog‘liq masalalarda Trampga ishonishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: