Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Pistorius: Yevropa o‘z xavfsizligi uchun javobgardir
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius DW nashriga bergan intervyusida AQSh yangi ma’muriyati qarorlaridan qat’i nazar, yevropaliklar Yevropa xavfsizligi uchun har qachongidan ham ko‘proq mas’uliyatga ega ekanini aytdi.

Foto: DW
AQSh yangi ma’muriyati qarorlaridan qat’i nazar, yevropaliklar endi Yevropa xavfsizligi uchun har qachongidan ham ko‘proq mas’uliyatga ega, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 22 yanvar, chorshanba kuni Litvaga safari chog‘ida DW nashriga bergan intervyusida. «Donald Tramp, Oq uy va yangi ma’muriyatning kun tartibi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz kattaroq mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak», dedi Pistorius.
Mudofaa vazirligi rahbari, shuningdek, ushbu strategiyaning tarkibiy qismlaridan biri 2023 yil yozida Litvada Bundesver brigadasini doimiy joylashtirish to‘g‘risida qabul qilingan qaror ekanligini ta’kidladi. Ushbu dasturni amalga oshirish «rejaga muvofiq davom etmoqda» va «yo‘l xaritasi o‘z vaqtida yakunlanadi», dedi Pistorius hamda brigada «infratuzilma bilan ta’minlangan holda» to‘liq tayyorlanishini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil oxirigacha Litvada keyingi ikki yilga rejalashtirilgan bundesverning birinchi askarlaridan 500 ga yaqini joylashtiriladi.
Pistorius NATO kelajagi haqida «juda tashvishlanmayapti»
Germaniya Mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning yangi ma’muriyati katta ehtimol bilan o‘z e’tiborini Hind-Tinch okeani mintaqasiga qaratadi.
Biroq, Pistorius NATO kelajagi haqida «juda xavotirda emasligini» aytdi. «Men NATOning kelajagi haqida unchalik xavotirda emasman, chunki men Qo‘shma Shtatlardagi yoki Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi barcha suhbatlarimdan bilamanki, ko‘pchilik amerikaliklar yevro-transatlantik hamkorlik ularga nima berishini juda yaxshi bilishadi», dedi u intervyuda. Shu bilan birga, u Qo‘shma Shtatlar va Yevropa hozir o‘zining umumiy tarixining «bir sahifasida» ekanligini ta’kidladi. «Biz hozir shu narsaga erishishimiz kerak», dedi siyosatchi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
Mavzuga oid

17:41 / 09.07.2025
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi

07:48 / 08.07.2025
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi

10:10 / 05.07.2025
Nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi osonlashtiriladi

15:28 / 03.07.2025