Jahon | 21:10 / 22.01.2025
4672
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shimcha kuchlar yuborishni rejalashtirmoqda – Pentagon

Avvalroq, Ukraina va Janubiy Koreya KXDR Rossiyaga 10 mingdan ortiq askar yuborganini ma’lum qilgan edi.

Foto: KCNA

Kelgusi ikki oy ichida KXDR Rossiya tomonida Ukraina bilan jang qilayotgan o‘z harbiylariga qo‘shimcha kuchlar yuboradi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimiga tayanib, The New York Times xabar berdi. Gazeta manbasi hech qanday tafsilotlarni keltirmadi.

BBC nashrining G‘arb rasmiylariga tayanib yozishicha, yanvar oyi o‘rtalariga kelib, Kursk oblastidagi KXDR qo‘shinlari to‘rt mingga yaqin jangchini yo‘qotgan (halok bo‘lganlar va yaradorlar), ulardan mingga yaqini halok bo‘lgan.

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida jang qilgan kamida 300 shimoliy koreyalik askar halok bo‘lganini da’vo qildi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, yana 2700 askar yaralangan.

Avvalroq, Ukraina va Janubiy Koreya KXDR Rossiyaga 10 mingdan ortiq askar yuborganini ma’lum qilgan edi.

12 yanvar kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev asirga olingan koreys askarlarini KXDR yetakchisi Kim Chen Inga topshirishga tayyorligini, buning uchun asirdagi ukrainalik askarlarga almashtirishni tashkil qilishi lozimligini aytgan edi.

Mavzuga oid