Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

O‘zbekiston 22:12 / 21.01.2025 1306

Noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarining uchib kelishi va uchib ketishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sochi—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY-9826 reysi soat 19:24 da Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘ngan.

Flynas aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi HY-651 reysi ham Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot poytaxt aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 20:10 da qo‘nishni amalga oshirgan.

Qanot Sharq aviakompaniyasining Istanbul—Namangan yo‘nalishidagi HH-578 reysi ham mahalliy vaqt bilan soat 21:28 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Uzbekistan Airways’ning Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyotida nosozlik yuz bergandi. Samolyot Vnukovo aeroportiga qo‘nayotganda uning dvigatelida nosozlik kuzatilgan. Shunga qaramasdan uchuvchilar samolyotni muvaffaqiyat bilan qo‘ndirishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: