22 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekiston 17:16 / 21.01.2025 6900

«O‘zgidromet» 22 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12–14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +1...+3 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan oldinroq O‘zbekistonga 22 yanvar, chorshanba kuni Volgabo‘yidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lishi prognoz qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: