O‘zbekistonda Hindiston bilan hamkorlikda transport vositalari ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 14:44 / 18.01.2025 2742

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yirik kompaniyalar guruhi hisoblanadigan Hinduja Group - India raisi Ashok Hinduja va Hinduja Group - Europe raisi Prakash Hinduja bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Hinduja Group rahbar vakillari O‘zbekistondagi yangilanish jarayoni xalqaro reytingi yuqori bo‘lgan turli yirik kompaniyalarning mamlakat bozoriga kirib kelishi va samarali sheriklik qilishi uchun mustahkam asos bo‘layotganini ta’kidladi, o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Tomonlar O‘zbekistonda hamkorlikda hayotga tatbiq etiladigan loyihalar, xususan, transport vositalari va motor moylari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: