Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bekzod Toshpo‘latov Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi. 2019-2024 yillarda tumanga hokimlik qilgan Zafar Ro‘ziyev oldinroq Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi
Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 17 yanvar kuni xalq deputatlari Zarbdor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etgan.
Sessiyada Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Bekzod Toshpo‘latov 1983 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U muqaddam Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yil dekabrida Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Zarbdor tumaniga bundan oldin Zafar Ro‘ziyev hokimlik qilgan. 2019 yilda Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Zafar Ro‘ziyev 2024 yilning 28 dekabr kuni Jizzax viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid

10:21 / 07.09.2022
Jizzaxda oilaviy janjal o‘lim bilan tugadi

12:45 / 18.06.2022
Jizzaxda 50 gektar yerni 500 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan klaster mas’uli ushlandi

16:48 / 18.04.2022
Zarbdor tumani hokimligi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

16:54 / 21.02.2022