Binance platformasi O‘zbekistonda mahalliy hamkor orqali ish boshlaydi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance kriptobirjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kriptobirja o‘z faoliyatini mahalliy «CoinPay» MChJ (coinpay.uz) orqali amalga oshiradi. Foydalanuvchilarga o‘z mablag‘larini bank kartalari va to‘lov tizimlari orqali milliy valutada kiritish hamda chiqarish imkoniyati beriladi.

Foto: AFP
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance kriptobirjasi bilan O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Binance O‘zbekistondagi faoliyatini belgilangan tartibda mahalliy CoinPay kriptobirjasi orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda rezidentlarning platformaga kirishi coinpay.uz orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali milliy valutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
«Tizimni ishga tushirish, hamkorlar platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashganidan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilgan. Tizimning ishga tushirilishi haqida hamkorlarning rasmiy resurslarida (CoinPay va Binance) qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi», deyiladi agentlik xabarida.
2024 yilning yanvar oyida agentlik tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi, xususan, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan so‘ng, tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.
2024 yilning 26 martidan 7 iyuniga qadar javobgar (Binance kriptobirjasi) vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, sud agentlikning arizasini to‘liq qondirish hamda kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan jarimani O‘zbekiston budjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan.
Binance kriptobirjasi sudning barcha talablarini bajargan hamda jarimani qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjetiga to‘liq to‘lagan.
Mavzuga oid

16:37 / 28.01.2025
Binance kriptobirjasi O‘zbekistonda mahalliy hamkor orqali ish boshladi

17:09 / 12.06.2024
Kripto-aktivlar bilan noqonuniy muomala qilgan yana bir yigit qamaldi

21:43 / 01.05.2024
AQSh sudi Binance kriptovaluta birjasi asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

17:34 / 09.02.2024