Synergy PharmCo Gricar Chemical SRL Italiya farmatsevtika zavodi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Synergy PharmCo - O‘zbekistonning biologik faol qo‘shimchalar bozoridagi yetakchi distribyutorlaridan biri bo‘lib, Synergy holdingi tarkibiga kiradi. Kompaniya xalqaro ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirmoqda.
2025 yil uchun yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik doirasida Synergy holdingining bosh direktori Daler Orziyev shaxsan hamkorlarning ishlab chiqarish maydonchalariga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi — mahsulotning qat’iy sifat standartlariga mos kelishini tekshirish – bu kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
«Sifat nazorati bu — shunchaki jarayon emas, balki mijozlarimiz oldidagi majburiyatidir. Ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirish orqali har bir bosqichda belgilangan qoidalarga rioya qilinishini tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz», — dedi Daler Orziyev.
Tashrif davomida holding tarkibiga kiruvchi Amarepharm kompaniyasining direktori Amarasink qo‘shimchasining ishlab chiqarish jarayoni haqida gapirdi.
«Biz zamonaviy iste’molchilarning talablariga to‘liq javob beradigan mahsulotni taklif qila olishimizdan faxrlanamiz. Mahsulotning tabiiyligi va sifati bu — bizning har bir ish bosqichimizdagi ustuvor yo‘nalishlardir», — ta’kidladi Amarepharm kompaniyasi bosh direktori Diyora Tairova.
Bunday tekshiruvlar holdingga hamkorlikka bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va mahsulotning mahalliy hamda xalqaro bozorlardagi talablariga mos kelishini kafolatlash imkonini beradi.
Sayt:https://synergypharm.org/
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

08:39 / 18.02.2025
Kuvayt O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025