Hindistonda Armiya kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad o‘tkazildi. Paradning eng diqqatga sazovor qismi robot itlar rotasi bo‘ldi, deb yozmoqda Times of India.
ARCV MULE yo‘ltanlamas robotlar qurollar, tungi ko‘rish kameralari, teplovizorlar hamda dronlarni tashiy oladi. Ular zinapoyalar va boshqa qiyaliklarda bemalol harakatlanadi. Robotlar ob-havoning ekstremal o‘zgarishlariga chidamli. Hind armiyasi ulardan ko‘pincha razvedka va sapyorlik missiyalarida foydalanmoqda.
Paraddan e’lon qilingan videoda operatorlar boshqaruvi ostida bir tekis yurayotgan robot-askarlar ko‘rsatilgan. Robotlashtirilgan itlar “otjimaniya” mashqini ham bajara oladi.
Hindiston 2024 yilning iyun oyida taxminan 100 ta shunday robotni qabul qilgan. Armiyada ularni xachir deb atashadi.
Avvalroq xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom ishlay oladigan birinchi qutqaruvchi robotni yaratgandi. Robot sun’iy idrok asosida ishlaydi, u inson aralashuvisiz kecha-yu kunduz navbatchilik qilishi mumkin.