Daniya razvedkasi: Rossiya AQShning Grenlandiyani sotib olishi haqidagi maktubni soxtalashtirgan
Besh yil avval Arkanzas shtatidan senatorga Grenlandiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari nomidan maktub yo‘llangan bo‘lib, unda AQSh tomonidan orolni sotib olish haqida gap borgan. Daniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, u rus agentlari tomonidan soxtalashtirilgan.

Foto: Sean Gallup / Getty Images
Daniya kontrrazvedkasi 2019 yilda Rossiya razvedka xizmatlari Grenlandiya tashqi ishlar vaziri nomidan amerikalik senatorga yuborilgan Grenlandiyani sotib olish taklifi yozilgan xatni qalbakilashtirishni tashkil qilganini tasdiqladi. Bu haqda 13 yanvar, dushanba kuni Daniya politsiyasi razvedka xizmati (PET)ga tayanib, Newsweek va Bild nashrlari xabar berdi.
«Xatni Rossiyaning nufuzli agentlari to‘qib tarqatgan bo‘lishi mumkin. Ularning maqsadi Daniya, AQSh va Grenlandiya o‘rtasida chalkashliklarni keltirib chiqarish va mojaro qo‘zg‘atish edi», — deya ma’lum qildi Daniya razvedkasi 2022 yilda o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra.
Ushbu maktub 2019 yil 23 oktyabrda yozilgan va Arkanzasdan respublikachi senator Tom Kotton nomiga yo‘llangan va orol tashqi ishlar vaziri Ane Lone Bagger tomonidan imzolangan. Unda Grenlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish yuzasidan Vashington bilan ehtimoliy kelishuv muhokama qilingan va AQShdan moliyaviy yordam so‘ralgan.
Daniyaning Politiken nashri 2019 yil noyabr oyida bu xat Rossiya tomonidan soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi. O‘shanda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu ma’lumotni «asossiz» deb atagan.
Kottonning o‘zi 2019 yil avgust oyida AQShning Grenlandiyani qo‘lga kiritishi masalasini o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp bilan suhbatda ko‘targanini aytdi, deb yozadi Newsweek. Tramp birinchi marta o‘sha yili bu g‘oyani ilgari surgan. Kopenhagen tomonidan rad etilganidan so‘ng, Tramp Daniyaga tashrifini bekor qildi. 2024 yil dekabrida Oq uyning saylangan rahbari bu masalani yana ko‘tardi va 2025 yil 7 yanvarda uning o‘g‘li kichik Donald Tramp orolga kelganida, Grenlandiya Qo‘shma Shtatlarga «milliy xavfsizlik maqsadlari» uchun kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:30 / 08.03.2025