Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtoyo‘llar bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:03 548

Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘yida elektromobillarni zaryadlash stansiyalari tashkil etiladi.

Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida joylashgan mavjud AYoQSh (avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi) va AGTKSh (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi)da elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish bo‘yicha dislokatsiyasi belgilanadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilinadi.

Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar ko‘chatlari va qalamchalari ekiladi.

“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlari tanlanib, bahorgi va kuzgi mavsum uchun manzilli dasturlar ishlab chiqiladi.

Mahalliy hokimliklar tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dasturlar tasdiqlangan holda Ekologiya vazirligiga kiritiladi.

“Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: