Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Shimoliy Koreyaning ikki jangchisi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olinganini ma’lum qildi. Ular hozir Ukraina Xavfsizlik xizmatining «tergovchilari bilan muloqot qilmoqda».
«Bu vazifa oson bo‘lmadi: odatda ruslar va Shimoliy Koreya jangchilari yaradorlarni yo‘q qilishadi va Ukrainaga qarshi urushda boshqa davlat – Shimoliy Koreya ishtiroki haqida hech qanday dalil bo‘lmasligi uchun hamma choralarni ko‘radi», deb yozdi u.
Ukraina prezidenti, asirlardan biriga tegishli bo‘lgan harbiy guvohnoma fotosuratini ham chop etdi. Hujjat Rossiyaning Tuva hududida 1998 yilda tug‘ilgan Aranzin ismli askarniki ekani ko‘rinadi.
2024 yil 29 dekabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta shimoliy koreyalik jangchi yarador holda asirga olinganini e’lon qildi. Keyinroq asir vafot etgani ma’lum bo‘ldi.
Ukraina va Janubiy Koreya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga yordam uchun 10 ming harbiy yuborgan, Moskva va Pxenyan va bu askarlar urushda qatnashyotganini tasdiqlamagan va rad etmagan ham.