“Muruntov” oltin konini o‘zlashtirish loyihasining navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi

O‘zbekiston 08:42 / 11.01.2025 2603

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, “Muruntov” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasining navbatdagi bosqichlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Investitsiya loyihasini (V navbat I bosqich) amalga oshirish doirasida asbob-uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, o‘rnatish va qurilish-montaj ishlarini yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

“Muruntov” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasining V navbat I bosqichini foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJda yiliga 1 mln tonna issiq holda prokatlangan list o‘ramlar ishlab chiqarish quvvatiga ega Quyuv prokatlash majmuasi foydalanishga topshiriladi.

Bunda, majmuaning qurilish ishlarini yakunlash, majmuaning texnologik uskunalarini montaj ishlarini yakunlash hamda sovuq va issiq holda sinovlardan o‘tkazish, Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” (I navbat I bosqich) investitsiya loyihasi doirasida 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasini to‘liq ishga tushirish nazarda tutilmoqda.

Bunda, 65 mln tonna ma’danni tashish quvvatiga ega siklli-oqim texnologiyasi qurilishi doirasida qurilish-montaj ishlarini to‘liq yakunlash. 3-Mis boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, o‘rnatish va montaj qilish ishlarini yakuniga yetkazish, 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasining birinchi liniyasini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: