2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 600 taga yetkazish choralari ko‘riladi.
Kasbiy ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi oshiriladi.
Majburiy va ixtiyoriy ravishda attestatsiyaga jalb etiladigan pedagoglar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining pedagog.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari ta’minlanadi.
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga tegishli malaka toifalarini berish rejalashtirilmoqda.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida 14 ta texnikumda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan texnikumlar hamda kasb va mutaxassisliklar belgilanadi.
Xalqaro ta’lim dasturini tarjima qilish va texnikumlarga yetkazish mo‘ljallangan.
Texnikum o‘qituvchilarning malakasini oshirish nazarda tutilmoqda.
Xalqaro ta’lim dasturlariga o‘quvchilarni qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish amalga oshiriladi.