Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston 17:56 / 08.01.2025 1241

Qozog‘iston va O‘zbekiston suv resurslari idoralari Sirdaryodagi gidropostlarni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

«Umuman olganda, biz barcha asosiy gidropostlarni avtomatlashtirish va suv hisobining to‘liq shaffofligini ta’minlashni rejalashtirganmiz. Ushbu masalani biz qirg‘izistonlik va tojikistonlik hamkasblarimiz bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ham faol ilgari suryapmiz», dedi Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vaziri o‘rinbosari Nurlan Aldamjarov.

Avvalroq, Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryo havzasida suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari o‘rnatiladigan 10 ta joyni aniqlagan edi. Ular mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlangan.

Qayd qilinishicha, hozir tomonlar xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyihaning umumiy texnik shartlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: