Qozog‘iston mehnat migrantlarini jalb qilish kvotalarini qisqartirdi

Jahon 17:54 / 08.01.2025 1886

Qozog‘iston Mehnat vazirligi 2025 yil uchun mamlakat hududida mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy ishchi kuchi kvotalarini belgiladi. Bu haqda Zakon.kz yozdi.

2025 yil uchun Qozog‘iston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy ishchi kuchini jalb qilish kvotasi ishchi kuchiga nisbatan foizda:

- mahalliy ijro etuvchi organ tomonidan ish beruvchiga berilgan ruxsatnomalar uchun 0,2 foiz miqdorida;

- mehnat migrantlarini jalb qilish uchun — 3 foiz miqdorida.

Buyruq 2025 yil 17 yanvardan kuchga kiradi.

2024 yilda mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatnomalari uchun umumiy kvota respublikada ishchi kuchiga nisbatan 0,23 foiz yoki 22 ming birlik qilib belgilangan edi.

Shu bilan birga, mehnat migrantlarini uy xo‘jaliklarida ishlashga jalb qilish kvotasi respublika bo‘yicha ishchi kuchiga nisbatan 3,1 foiz yoki 271,3 ming birlik qilib belgilandi.

Qozog‘istonda 2024 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, mehnat migrantlarining asosiy kelib chiqish mamlakatlari — Xitoy (4664 kishi), O‘zbekiston (1230), Turkiya (1150) va Hindiston (1108) hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: