2024 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi - tadqiqot

Jahon 17:52 / 08.01.2025 757

2024 yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi, bu haqda Yevropa komissiyasining Yer holatini doimiy kuzatuvchi Copernicus dasturiga tayanib Anadolu xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, 2024 yil 1850 yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi. O‘rtacha global harorat 15,1 darajani tashkil etdi, bu 1991-2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,72 darajaga va avvalgi rekordchi 2023 yilga nisbatan 0,12 darajaga yuqori.

Shunday qilib, 2024 yil 1850-1900 yillarni qamrab olgan «sanoatdan oldingi davr» o‘rtacha ko‘rsatkichi 1,5 darajaga oshgan birinchi yil bo‘ldi. 2023 yilda bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,48 darajaga oshgan edi.

2024 yil 22 iyulda o‘rtacha kunlik global harorat bo‘yicha yangi rekord 17,16 darajaga yetdi.

2024 yil yanvaridan iyunigacha har oy o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan issiqroq bo‘ldi. 2024 yil yozi ham tarixdagi eng issiq fasl bo‘ldi.

«Barcha xalqaro global harorat ma’lumotlari 2024 yil 1850 yildan beri eng issiq yil bo‘lganini ko‘rsatdi. Insoniyat o‘z taqdiri uchun javobgardir, ammo iqlim o‘zgarishiga qanday munosabatda bo‘lishimiz dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Kelajak o‘z qo‘limizda», dedi Karlo Buontempo, Copernicus dasturining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xizmati direktori.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tez va qat’iy choralar kelajakda iqlim vaziyatining rivojlanishini o‘zgartiradi.

Ko‘proq yangiliklar: