FT: Tayvanning suvosti aloqa kabeliga shikast yetkazildi
Tayvan shimoli-sharqidagi port yaqinida suvosti aloqa kabeli uzildi. Orol sodir bo‘lgan voqeani Xitoy bilan bog‘lamoqda va holatni tergov qilishda Janubiy Koreyadan yordam so‘radi.

Foto: Financial Times
Shunxing39 yuk kemasi Tayvan shimoli-sharqida joylashgan Tszilun porti yaqindagi suvosti aloqa kabelini uzib yuborgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Financial Times.
Qayd etilishicha, kema Kamerun bayrog‘i ostida suzgan, ammo Tayvan hukumatining ma’lum qilishicha, u Jie Yang Trading Limited kompaniyasiga tegishli. Ma’lumotlarga ko‘ra, Honkongda ro‘yxatdan o‘tgan ushbu kompaniya direktori Xitoy fuqarosi hisoblanadi.
Tayvanning Chunghwa Telecom aloqa operatoriga ko‘ra, uzilish ro‘y berganidan keyin raqamli ma’lumotlar zudlik bilan boshqa xalqaro suvosti kabellari orqali yo‘naltirilgan.
Chunghwa Telecom vakillari va Tayvan hukumati shikast yetkazilgan infratuzilma Trans-Pacific Express tizimning biri qismi ekani, kabel esa Tayvanni AQShning g‘arbiy sohillari bilan bog‘lab turishini bildirgan.
«Kapitanni so‘roq qila olmaganimiz bois Janubiy Koreya hukumatidan kemaning keyingi manzilida tergov o‘tkazishda yordam berishlarini so‘radik», — deydi Tayvan sohilni qo‘riqlash xizmati vakili. Milliy xavfsizlik xizmati xodimining qo‘shimcha qilishicha, kema yaqin kunlarda Janubiy Koreyaning Pusan portiga yetib borishi kerak.
Mas’ullarga ko‘ra, kemani avtomatik aniqlash tizimi va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari Shunxing39 kabel uzilgan joydan langarini sudrab o‘tganini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida finlandiyalik tergovchilar Boltiq dengizi tubida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr uzatish liniyasi shikastlangan joyda «o‘nlab kilometr» iz qoldirilganini aniqlagan edi.
Mavzuga oid

17:23 / 06.03.2025
Tayvandagi atom elektr stansiyasida yong‘in yuz berdi

19:19 / 25.02.2025
Tayvan suvosti kabeliga shikast yetkazgani gumonlanayotgan Xitoy kemasini hibsga oldi

16:46 / 21.02.2025
Boltiq dengizida Finlandiya va Germaniyani bog‘lab turuvchi kabelga shikast yetkazildi

16:33 / 17.02.2025