2025 yilda YeI-Markaziy Osiyo yetakchilarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 13:03 / 06.01.2025 1527

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikkala tomon ham hozirgi geosiyosiy sharoitda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan Trans-Kaspiy transport yo‘lagining salohiyatini qanday amalga oshirishni o‘rganmoqda. 2024 yil aprel oyida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida muhim xomashyo sohasida barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

"Ishonamanki, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlikda ijobiy voqealarga boy bo‘ladi hamda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi munosabatlarni miqdoriy va sifat jihatidan yanada yuksalishiga xizmat qiladi", dedi Alberto Turkstra.

Ushbu yilda muhim tadbirlar, jumladan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolanishi, Yevropa komissiyasi va Yevropa kengashi prezidentlari ishtirokida YeI-Markaziy Osiyo yetakchilarining birinchi sammiti, shuningdek, iqlim bo‘yicha Samarqand sammiti bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: