Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yanvar oyida bo‘lib, o‘tadi, ammo u aniq sanani aytmagan.
«Shu oy bizning tashabbusimiz bilan delimitatsiya bo‘yicha Ozarboyjon va Armaniston komissiyasining ushbu masalani hal etishga qaratilgan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak», — deydi Ilhom Aliyev.
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasi bo‘yicha 17 moddadan 15 tasini kelishib olgan. Oxirgi ikki band bir-biriga qarshi xalqaro da’volardan voz kechish, shuningdek, ikki davlat chegarasiga xorijiy qo‘shinlarni joylashtirmaslik bilan bog‘liq. Shu bilan birga, dekabr oyi oxirida davlat rahbarlari Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatishni buzish va qurollanish poygasini kuchaytirishda o‘zaro ayblovlarni ilgari surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyunda Yerevan va Boku Tavush viloyatidagi chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishib olganidan keyin Armanistonda norozilik namoyishlari boshlangan edi. Ushbu kelishuv natijasida Armaniston Ozarboyjonga avval Ozarboyjon SSRga qarashli bo‘lgan, biroq 1990 yillardan beri armanlar nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloqni berishga rozi bo‘lgan.
Ozarboyjon tinchlik bitimi doirasida Armaniston o‘z Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengashi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Ushbu deklaratsiya boshida o‘z navbatida, Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ning 1989 yildagi «Birlashuv to‘g‘risida»gi qo‘shma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan.