Fingrid fin operatori Eagle S neft tankerini musodara qilishni so‘radi

Jahon 12:12 / 03.01.2025 1788

Fingrid Finlandiya elektr tarmoqlari operatori Helsinki sudidan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr kabelini uzganlikda gumon qilinayotgan Eagle S neft tankerini musodara etishni so‘radi.

«Fingrid bugun Helsinki okrug sudiga EstLink 2 kabeliga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vosini ta’minlash maqsadida Eagle S dizel kemasini musodara qilish uchun ariza berdi», — deyiladi kompaniya 2 yanvar, payshanba kuni e’lon qilgan bayonotda.

«Voqea sodir bo‘lgan joyda keyingi tekshiruvlar zarar miqdori haqida ko‘proq ma’lumot beradi va ta’mirlashni batafsil rejalashtirish imkonini yaratadi», deb qo‘shimcha qildi Fingrid.

Traficom fin agentligi Eagle S tankerini tekshirmoqchi

Finlandiyaning Traficom transport va aloqa agentligi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidan o‘tgan Estlink 2 elektr uzatish liniyasiga zarar yetkazilgani uchun qo‘lga olingan Eagle S tankerini tekshirmoqchi, bu haqda Finlandiyaning STT axborot agentligi 30 dekabr kuni xabar berdi.

Unga ko‘ra, Traficom kemaning ro‘yxatga olinishi va uning xalqaro tashish qoidalariga muvofiqligini kuzatishni rejalashtirmoqda.

Agar shubha tug‘ilsa, tanker qoidabuzarliklar tuzatilgunga qadar qo‘lga olinishi mumkin. Tekshiruv politsiya tergovi ruxsat berishi bilanoq amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritdi dpa agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: