25 nafar rossiyalik dunyoning eng boy 500 kishisi reytingiga kiritildi va ular bir yil davomida boyligini 18,5 milliard dollarga oshirdi.
Bloomberg Billionaires Index (BBI) hisob-kitoblariga ko‘ra, NLMK po‘lat quyish kompaniyasi benefitsiari Vladimir Lisin bir yil ichida eng ko‘p daromad oldi, uning boyligi 5 milliard dollardan oshgan.
BBI ma’lumotlari milliarderlarga tegishli kompaniyalarning aksiyalari narxiga asoslanadi. Ushbu reyting dunyodagi eng badavlat 500 kishini, shu jumladan 25 nafar rossiyalikni ifodalaydi. Ushbu 25 nafar rossiyalik milliarderning umumiy boyligi, BBI hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshida 347,62 milliard dollarni tashkil qilgan.
Rossiyalik milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni (va global reytingda 54-o‘rinni) «Nornikel» aksiyadori Vladimir Potanin egalladi - uning boyligi o‘tgan yili 736 million dollarga ko‘payib, 31,8 milliard dollarga yetdi.
Ikkinchi o‘rinda (global reytingda 62-o‘rin) 29 milliard dollar bilan Vladimir Lisin, uchinchi o‘rinda (global reytingda 71-o‘rin) esa LUKOYL egalaridan biri Vagit Alekperov, u yil davomida 2,59 milliard dollarga boyidi va davlati 27,2 milliard dollarga yetdi.
Umuman olganda, dunyoning eng boy 500 kishisining boyligi bu yil 10 trillion dollardan oshdi. Hozirgi kunda eng badavlat uch kishi Ilon Mask (432 milliard dollar), Jyeff Bezos (239 milliard dollar) va Mark Tsukerberg - (270 milliard dollar) bo‘lib turibdi.