Nyu Yorkdagi tungi klubda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida 10 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda The New York Post.
Qayd etilishicha, otishma 1 yanvar kuni kechasi Kuinsdagi Amazura klubida tashkil etilgan yopiq bazmda yuz bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan to‘rt nafar shaxs klubga kirish yo‘lagida turganlarga qarata kamida 30 marotaba tartibsiz o‘q uzgan.
Jabrlanganlarning barchasi — 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardir. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Yaralanganlar ahvoli og‘ir emasligi aytilmoqda.
Politsiya gumonlanuvchilar jinoyat joyidan yashiringan Infiniti markasidagi kulrang avtomobilni qidiruvga bergan.
Avvalroq Chernogoriyaning Tsetine shahrining tarixiy markazida mahalliy aholi vakili o‘t ochishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘t ochishda gumonlanayotgan Atso Martinovich kun davomida kafeda spirtli ichimlik ichgan, keyin esa uyiga borib, qurolini olib chiqqan, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, unda bu qurol uchun ruxsatnoma bo‘lgan.