Latviya aviakompaniyasi 2025 yilga rejalashtirilgan 4,6 mingdan ziyod reyslarini bekor qiladi

Jahon 20:13 / 02.01.2025 2330

Latviyaning AirBaltic aviakompaniyasi 2025 yil yoz mavsumiga rejalashtirgan 19 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarini bekor qiladi.

«Dvigatel ishlab chiqaruvchi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagani AirBaltic aviakompaniyasining Airbus A220-300 parki ish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatdi, natijada aviakompaniya yozgi mavsum jadvaliga o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘ldi», — deyiladi kompaniya press-relizida.

AirBaltic kompaniyasi Pratt & Whitney’dan ayrim A220-300 samolyotlari dvigatellar yetishmayotgani sabab 2025 yilda foydalanishdan chiqarilgani to‘g‘risida xabar olgan.

19 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlar bekor qilinganidan tashqari, kompaniya o‘zining turli bazalarida 21 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlar chastotasini qisqartirmoqda. Umumiy hisobda 4670 ta reys bekor qilinadi va bu 67 mingdan ziyod yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatadi.

AirBaltic Riga, Tallin, Vilnyus, Tampere va mavsumiy Gran-Kanariya kabi 130 dan ortiq yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi.

Ko‘proq yangiliklar: