Qozog‘istonda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik migrantlarga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi va "Rodnik" jamoat fondi ishtirokida "Rahat" kafesida konsullik qabuli asnosida gumanitar yordam aksiyasi o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda 50 dan ortiq og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari ishtirok etishdi.
Konsullik qabuli davomida o‘zbekistonliklarga vatanga qaytish guvohnomalari berish tartibi, pasport almashtirish va FHDYo bilan bog‘liq boshqa konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha savollarga javob berildi.
Bundan tashqari, fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, muammolarini hal qilishning qonuniy yo‘llari tushuntirildi.
"Rodnik" jamoat fondi direktorining o‘rinbosari Gaziza Jaysanbayeva Bosh konsulxonaga gumanitar aksiya o‘tkazgani va jamg‘arma vakillarini mazkur muhim missiyaga jalb qilgani uchun minnatdorlik bildirdi hamda bu borada yaqin hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdi.
Konsullik qabuli yakunlangach, fuqarolarga o‘zbekistonlik tadbirkorlarning homiyligi bilan Bosh konsullik tomonidan tayyorlangan zarur mahsulotlar topshirildi.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025