Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi
Huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan zarur chora-tadbirlar natijasida Qirg‘izistondan olib kelingan psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nexia avtomashinasida yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro D.J. aniqlanib, unga tegishli 1 dona polietilen qopda bo‘lgan 1037 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 1778 dona “Regapen” hamda tarkibida psixotrop modda bo‘lgan 500 dona “Sonnat” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu dori vositalari Qirg‘izistondan olib kelingan.
Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistondan “Rishton” chegara-bojxona posti orqali kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan N.G. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi Unda 3527 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Qo‘qon shahrida 1988 yilda tug‘ilgan U.X. boshqaruvidagi Bestune avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Uning salonida 3360 dona “Regapen” va 1359 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur dori vositalari ham Qirg‘izistondan olib kelingan.
Toshkent shahrida 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro V.J. “O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ hududida joylashgan savdo do‘konlaridan birida, Qirg‘izistondan keltirilgan, lekin, bojxona va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan jami 2153 dona turli xil mahsulotlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

09:27 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

13:09 / 21.07.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:47 / 19.07.2025
Antibiotiklardan tashqari boshqa oddiy dorilar ham organizmning tabiiy himoya tizimini buzishi mumkinligi aniqlandi

12:33 / 11.07.2025