Oliy ta’lim bilan hamkorlik
Turonbankda yoshlar salohiyatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan chuqur hamkorlik o‘rnatilgan. Masalan, III va IV bosqich talabalari orasidan maxsus test sinovlari hamda suhbatlar asosida nomzodlar tanlab olinib, amaliyotga jalb etiladi. “Turonbank stipendiyasi” eksklyuziv loyihasi doirasida esa oliy ta’lim muassasalariga yuqori ball bilan qabul qilingan iqtidorli yoshlar tanlab olinib, ularga stipendiya ajratilmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun oliy o‘quv yurtlarida maxsus eksperimental baza sifatida “Smart o‘quv xonalar” tashkil qilindi.
Intellektual salohiyatni oshirish maqsadida bank “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini an’anaga aylantirdi, bu esa yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mazkur o‘yinlar turli bosqichlarda tashkil qilinadi va g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari taqdim etiladi.
Sog‘lom tanda-sog‘ aql!
Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratiladi, 2024 yil davomida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, xususan, stol-tennisi bo‘yicha 60 nafar, shaxmat-shashka o‘yinlarida 55 nafar, suzishda 60 nafar, futbolda esa 200 nafarga yaqin xodim ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Turonbank mamlakatimizda shaxmatning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida Markaziy Osiyoda eng yosh xalqaro grossmeyster sifatida tanilgan, 44-shaxmat olimpiadasi g‘olibi va “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi Jahongir Vohidov bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan va Jahongir Vohidov Turonbank brendining rasmiy elchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Turonbank O‘zbekistonda savat fransuz boksi sport turini ommalashtirishga ham alohida e’tiborini qaratgan. Bank Boshqaruvi Raisi Chori Mirzayev O‘zbekiston “Savat” fransuz boksi assotsiatsiyasi prezidenti hamdir.
Yurtimizda mazkur sport turini ommalashtirish, yoshlarni ushbu sport turiga qiziqtirish maqsadida joylardagi foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan maydonlar ta’mirlanib yopiq sportzallar tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda mazkur sport turi bilan 1300 dan ziyod yoshlar shug‘ullanmoqda.
Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar
Yoshlarning ma’naviy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bank bosh ofisi hamda bank xizmatlari markazlarida 20 dan ortiq kutubxonalar tashkil etilgan. Ularda 10 000 donaga yaqin turli janrlardagi adabiyotlar mavjud va kitoblar fondi doimiy boyitib boriladi. Bank bosh ofisida "Turonbank muzeyi" faoliyat ko‘rsatmoqda. Bank xodimlari uchun ma’rifiy tadbirlar, shu jumladan, tarixiy meros bilan tanishish imkoniyatlari yaratilgan.
Respublikamizda kitobxonlik madaniyatini saqlab qolish va yoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida esa Turonbank tomonidan poytaxtimizdagi 7ta mahallada kutubxonalar tashkil etilib, ular umumiy hisobda 3000 donaga yaqin turli janrlardagi badiiy, ilmiy va jahon adabiyotining durdona asarlardan iborat kitoblar bilan ta’minlandi.
Turonbank yoshlarni O‘zbekiston tarixiga yaqinlashtirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun sayohatlar tashkil qilmoqda. Bankning 600dan ortiq xodimi 2024 yilda turli shaharlarga sayohatlarga yuborildi, bu orqali yoshlar milliy merosni o‘rganishga va Vatanga muhabbatni his qilishga imkoniyat topdilar.
Turonbank tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida “Ustoz AI” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda va unga asosan yoshlarimizga zamonaviy kasblar va fanlarni bepul o‘rgatishni maqsad qilingan.
Shu bilan birga, Turonbank doimiy tarzda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida har yili “Global Money Week” haftaligi va “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan yoshlar va maktab o‘quvchilari orasida uchrashuvlar hamda tanlovlar o‘tkazib keladi.
Xulosa qilib aytganda, Turonbank Uchinchi Renessans poydevorining bunyodkorlari bo‘lgan bugungi kun yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi yangi loyihalarni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yilida ham izchil davom ettiradi.
Reklama