30 iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Turonbank" ATB yoshlari uchun qadimiy va navqiron Buxoro shahrida turli tadbirlar tashkil etildi.
“Turonbank” tizimida faoliyat yurituvchi yoshlarning Buxoro shahriga sayohati davomida bank rahbari va yoshlarning yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda shijoatli hamda tashabbuskor yoshlar rahbariyat bilan ochiq muloqotda bo‘lib o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Kun davomida shuningdek yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqalari ham o‘tkazildi. “Turonbank”ning shaxmatsevar yoshlari 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni, Markaziy Osiyoda eng yosh xalqaro grossmeyster, “Turonbank” ambassadori Jahongir Vahidov ishtirokidagi mahorat darslarida ham qatnashishdi.
Shu bilan birga yoshlar Buxoro viloyatining qadimiy va go‘zal joylariga sayohat qilib, turistik maskanlarning go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi.
Eng asosiy va qiziqarli tadbirlardan biri esa “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘ldi. O‘yinlarni Abdurasul Abdullayev boshchiligidagi “Zakovat” klubi vakillari boshqarib borishdi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tadbir tafsilotlariga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuvni bank saytida 30 iyun kuni ko‘rish mumkin.
Reklama