Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat 16:19 / 29.12.2024 1582

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda Rossiya hududlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar voyaga yetmagan bola yurtimizga qaytarilgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan kelgan ishchi guruh a’zolari qarovsiz qolgan bolalarning barcha zarur hujjatlarini yig‘ish maqsadida ikki hafta davomida Rossiyaning turli hududlarida bo‘lgan.

So‘ng ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yordamga muhtoj barcha bolalar dastlab Moskva shahridagi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. So‘ng ular O‘zbekistonga qaytarilgan.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan bolalarning vatanga qaytishi uchun zarur sertifikatlar bepul rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, bolalar O‘zbekistonga qaytgach, yaqin qarindoshlari homiyligiga (vasiyligiga) yoki maxsus bolalar muassasalariga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: