O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston 11:33 / 29.12.2024 1041

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida 165,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Turkmaniston — 89 218 nafar;

Tojikiston — 36 038 nafar;

Afg‘oniston — 32 232 nafar;

Turkiya — 1 166 nafar;

Xitoy — 1 132 nafar;

Hindiston — 857 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 799 nafar;

Koreya Respublikasi — 608 nafar;

Rossiya — 479 nafar;

AQSh — 383 nafar;

Boshqa davlatlar — 2 169 nafar.

Ko‘proq yangiliklar: